May oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Saqlash
16:45 / 08.06.2023 1387 0

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda. Markaziy bank 1-iyun holatiga xalqaro zaxiralarga oid maʼlumotlarni taqdim etdi.

 

Xususan, oʻtgan davrda mamlakat zaxiralari 838 mln dollarga kamayib, 34,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

 

Bu davrda zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyutadagi zaxiralari aprel oyiga nisbatan 158 mln dollarga oshib, 10,1 mlrd dollarga yetgan.

 

Aprel oyida mamlakat oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga kamaygandi. May oyidagi koʻrsatkich esa joriy yildagi eng yuqori kamayish qayd etilgan fevral oyidagi natijadan keyingi yuqori koʻrsatkichdir.

 

Fevralda mamlakat zaxiralari 1,9 mlrd dollarga kamaygandi. Biroq mart oyi davomida koʻrsatkich 1,4 mlrd dollarga oshib, zaxiralar 35,4 mlrd dollarga yetgandi.

 

May oyi davomida oltinning fizik hajmi ham 12,2 mln troy unsiyadan 11,9 mln troy unsiyaga kamaydi. Qiymati ham bir oyda 980 mln dollarga kamayib, jami 23,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

 

Dastlabki toʻrt oyda Oʻzbekiston 3 mlrddan ortiq oltin eksport qildi. Aprel oyida xorijga qimmatbaho metall yetkazib berish hajmi 650 mln dollargacha kamaydi.

 

Aprel oyi oxirida mamlakatning oltin qazib olish hajmini 1,4 barobarga — 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirayotgani maʼlum qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//