Sport
Argentinalik futbolchi Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi. Bu haqida futbolchining oʻzi maʼlum qildi.
“Men “Mayami”ga oʻtishga qaror qildim. Hozircha ishlar toʻliq yakunlanmagan, lekin faoliyatimni oʻsha yerda davom ettirishni tanladim.
Agar gap pulda boʻlganda edi, men Saudiyaga yoki boshqa joyga ketgan boʻlardim. Lekin umuman boshqa sababga koʻra Amerika klubini tanlashga qaror qildim.
“Barselona”ga qaytishni xohlagandim. Biroq ikki yil avvalgi voqealar takrorlanishini va taqdirim boshqalarning qoʻlida qolib ketishini istamadim”, — deydi Leo.
Eslatib oʻtamiz, 35 yoshli futbolchi 2 yillik faoliyatdan soʻng “PSJ” safini tark etdi. Bungacha esa “Barselona” sharafini himoya qilgan.
Messiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan ham taklif boʻlgandi.
Maʼlumot uchun, angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem “Inter Mayami”ning egalaridan biri sanaladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q