Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 52 yoshli erkak mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizni zoʻrlab, homilador qilib qoʻygani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmati 6-iyun kuni erkakka nisbatan sud hukmi eʼlon qilinganini bildirdi.
Aprel oyida tarqalgan xabarlarda erkak 8 nafar tarbiyalanuvchini asrab olib, ulardan biri — 13 yoshli qizni homilador qilgani va bolani majburan tushirgani yozilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tumani sudida sudlanuvchi K.T. (1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari boʻlib ishlagan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni tugagan.
Bu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining raisi A.Tashev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.
Sud hukmiga koʻra K.T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va eski tahrirdagi (2023-yil 11-aprelga qadar amalda boʻlgan) 129-moddasi (16 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash)ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari talablariga muvofiq 18 yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik hamda 16 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanmaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q