Siyosat
6-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida “Shirin“ massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi boʻyida joylashgan. Soʻnggi yillarda Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlikka munosib tarzda ushbu hududda zamonaviy massiv qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 389 gektar yer ajratilgan.
Loyihaga koʻra, massivda koʻp qavatli uylar, maktab va bolalar bogʻchalari, poliklinikalar, sport maydonlari va koʻngilochar maskanlar boʻladi. Yirik biznes va savdo majmualari iqtisodiyot rivojiga, ish oʻrinlari koʻpayishiga qoʻshimcha impuls beradi. Massivni shahar bilan bogʻlovchi koʻprik va yoʻllar, infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etiladi.
Davlatimiz rahbari loyihani ilgʻor shaharsozlik tajribasi asosida takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111904
Jamiyat
94691
Jamiyat
90692
Jamiyat
75406
Jamiyat
//
Izoh yo‘q