Qashqadaryoda 27 yoshli ayol oʻzini osib oʻldirdi

Saqlash
21:15 / 06.06.2023 1332 0

Joriy yilning 1-iyunidan 2-iyuniga oʻtar kechasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 27 yoshli ayolning jasadi topildi. Xabar berilishicha, ayol oʻzini osib oʻldirgan. 1996-yilda tugʻilgan ayol 2-iyun kuni soat 01:30 da yashash uyida osilgan holda topilgan.

 

Ammo ayolning qoʻshnisi u urib oʻldirilganligini gumon qilyapti. Avvalroq, ayol oʻz onasiga eri uni oʻldirmoqchi boʻlayotgani haqida maʼlum qilgan. Onaning aytishicha, ayolning qarindoshlari voqeadan kechroq, soat 03:30 larda xabar topishgan. Ayolning onasi qizi vahshiylarcha boʻgʻib oʻldirilganini aytdi.

 

Ayolning jasadini koʻrgan guvohlarning fikricha, ayolning tanasida turli tan jarohatlari boʻlgan. Guvoh ayolning oʻz joniga qasd qilganiga shubha bildirib, undagi tan jarohatlar kaltaklanish oqibati ekanini taʼkidladi.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Marhumaning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

 

Mazkur holat har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//