Jamiyat
O‘zbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari quyosh panellari o‘rnatganlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi belgilangan qonun loyihasini qabul qildi.
Quyi palataning 6-iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Unda yuridik shaxslar umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarib umumiy tarmog‘iga sotganda foyda solig‘i hamda ular bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, uy-joyda umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilanmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligini bartaraf etish, investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash imkonini beradi.
Majlisda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q