Jamiyat
Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Soha mutaxassislari tomonidan hududlardan kelgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga mahorat darslari, ma’ruzalar, taqdimotlar uyushtirildi.
Bobur BOBOMUROD,
Yunusobod tumanidagi 220-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi:
– Ushbu amaliy seminar-treningda o‘z takliflarimizni bildirdik. Masalan, ijtimoiy ahvoli og‘ir o‘quvchilar bilan shug‘ullanish faqat ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchiga yuklanishi ko‘zda tutilgandi. Biz bu borada mas’uliyat ko‘proq direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va maktab psixologlari zimmasida bo‘lishi kerakligini aytdik. Shuningdek, ijodkor uchun turli qog‘ozbozliklar, hujjatbozliklar ortiqcha yuklama ekanligi xususidagi fikr-mulohazalar ham o‘rinli deb o‘ylayman.
Zubaydulla IBRAGIMOV,
Samarqand shahridagi 74-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi:
– Seminar davomida uslubiy va amaliy qo‘llanmalar bilan ta’minlandik. Lavozim majburiyatlarimiz, ish rejamiz hamda ish rejadagi vazifalarni amalga oshirish mexanizmi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldik va uslubiy tavsiyalar oldik. Hududlararo tajriba almashishdik. Ikki kunimiz juda sermazmun o‘tdi.
Jamila MEHMONOVA,
Yakkasaroy tumanidagi 160-A umumiy o‘rta ta’lim tarmoq maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari:
– Ijodiy-madaniy targ‘ibot ishlari bo‘yicha Qibray tajribasi bilan yaqindan tanishdik. Biz bu yerda olgan bilim va tajribalarimizni o‘z hududimizdagi seminarlarda tuman-shahar mas’ullariga yetkazamiz. Shu tariqa barcha ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar qamrab olinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q