Davlat bayrogʻidan foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar kengaymoqda

Saqlash
15:32 / 02.06.2023 1761 0

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 

Qonun loyihasida, jumladan, quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan:

 

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

 

bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

 

bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-kechakni bezatish yoki Oʻzbekistonga tegishlilikni belgilash uchun tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin.

 

Shuningdek, bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilanmoqda, xususan:

 

bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;

 

biror-bir narsa uchun ustki yopingʻich sifatida foydalanish (dafn marosimlarida foydalanish mustasno);

 

stollarga, oʻrindiqlarga, stullarga toʻshash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, oʻtiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga toʻshash yoki tasvirlash;

 

kiyim-kechak, dastroʻmol yoki koʻrpa-toʻshak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;

 

bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastroʻmol, koʻrpa-toʻshak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (oʻrovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun moʻljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;

 

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.

 

Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yuqoridagi va Qonundagi boshqa talablarga muvofiq foydalanish uchun masʼuliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

 

Muhokamada quyidagi havola orqali qatnashish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//