Siyosat
Mansurbek Olloyorov Oʻzbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha maslahatchisi – prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Prezident administratsiyasida Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining oʻrinbosari sifatida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, agentlik ochilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni oʻz saylovoldi dasturi yuzasidan soʻzlagan nutqida eʼlon qilgandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hozirda 6 ta vazirlikda (kambagʻallik, sogʻliqni saqlash, maktab taʼlimi, moliya, ichki ishlar, oliy taʼlim) tarqoq boʻlgan ijtimoiy xizmatlarni birlashtiradi.
“Yangi agentlik uchun kamida 10 foiz xodimlar nogironligi boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida ishga olinadi. Ijtimoiy himoyaga ajratiladigan barcha mablagʻlar agentlik huzurida tashkil etiladigan alohida jamgʻarma orqali manzilli yoʻnaltiriladi va uning xarajatlari ochiq-oshkora boʻladi. Agentlik jamoatchilik bilan yaqin muloqot oʻrnatib, ular bilan bamaslahat ish yuritadi”, – degandi davlat rahbari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
4 Izohlar
Нодира Бӯриева Маматовна
17:10 / 03.10.2023
Бу агентлик очилиб жуддаям яхши иш бӯлибди.Ижтимоий химояга мухтож оилаларимизни муаммолалари тез ва одилона қарор топишида сизларга кӯч-қувват тилайман.Ҳурматли Президентимизни олиб бораётган ислоҳатларини шахсан мен қӯллаб қувватлайман.
Rahmonova
02:09 / 11.09.2023
Shu agentlikga ishga kirmoqchiman judam maqul zpr agentlik tuzilibdi ishga olishsa jonim bilan ishlayman harakatdaman
Hayitov Abdurasul Bahtiyorivich
04:07 / 10.07.2023
SHu agentlikka ishga kirmoqchiman Angor tumaniga 10 yil dan beri ishlayman Angor tibbiyot birlashmasida 5 yil bugalter hozirda hujalik mudiri vazifasida ishlab kelyapman malumotim urta mahsus
Уразбоев Мавлон Холбой угли
04:06 / 29.06.2023
Ижтимоий химоя миллий агентлигига кандай ишга жойлашсам булади.Тошкент молия институтда 2 курс сирткида укийман.2 гурух ногирониман