Jamiyat
Toshkent metropoliteni havo harorati ko‘tarilgan vaqtlarda Yerusti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida poyezdlar harakati tezligiga vaqtincha cheklov joriy etadi.
Meropoliten ma’muriyatining bildirishicha, yoz mavsumining boshlanishi munosabati bilan havo harorati keskin ko‘tarilishi va natijada yerusti temiryo‘llari relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lib, 70 darajaga yetishi mumkin.
Shu munosabat bilan temiryo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra, relslarning harorati 55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilishi, ya’ni relslarning harorati 60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, 65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, 70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, poyezdlar harakati va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, metropolitenning Yerusti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q