Jamiyat
2023-yil 1-iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.
Savdo-sotiqni tun-u kun amalga oshirish mumkin boʻladi
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar Prezidentning 08.05.2023-yildagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan bekor qilinmoqda.
P2P hisob-fakturalar talab etilmaydi.
Toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish talabi bekor qilinmoqda.
Telekommunikatsiya vositalarini ijarada joylashtirish yangi qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi
Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish shartnomasini rasmiylashtirish boʻyicha yangi talablar kiritilmoqda.
Vafot etgan harbiylar oilalari qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etilmoqda
Jumladan, halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi; uning ota-onalariga yiliga 2-marta temir yoʻl va havo yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi va boshqalar.
Qishda talafot koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining taqdim etilgan kredit taʼtillari tugamoqda
Muqaddam Markaziy bank va tijorat banklariga qish mavsumida talafot koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining kreditlari boʻyicha 2023-yil yanvar-mart oylari uchun toʻlovlar muddatini 2023-yil 1-iyunga qadar uzaytirish topshirigʻi berilgan edi.
“Yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi
Tizim mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga taʼsirni cheklash boʻyicha qoʻyilayotgan talablar asosida joriy etilmoqda.
Chaqaloqlarni FHDYO tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish tibbiyot muassasalari orqali amalga oshiriladi
Poytaxtda mazkur tartib yil boshidan joriy etilgan, 1-iyundan respublika boʻyicha joriy etiladi.
Sud-ekspertiza tashkilotlariga berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinmoqda
Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan:
asbob-uskunalar, maxsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari;
ushbu tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur, foydalanishda boʻlgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilingan edi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q