Jamiyat
Joriy yilning 1-oktabrdan boshlab nodavlat bog‘cha va maktablarga litsenziya berish talablari yengillashtiriladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmon imzoladi.
Qayd etilishicha, nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112379
Jamiyat
95038
Jamiyat
91238
Jamiyat
75949
Jamiyat
//
Izoh yo‘q