Siyosat
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganiga xavotir bildirdi.
Vazirlik matbuot kotibi oʻzining Facebook sahifasida yozishicha, ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi.
“BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, ommaviy qirgʻin qurollarining barcha turlarini sinovdan oʻtkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz.
Oʻzbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yoʻlida Koreya yarim orolida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha faol qadamlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi bayonotda.
31-may kuni ertalab Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qoʻmitasi Shimoliy Koreya janubga tomon raketa uchirganini maʼlum qilgandi. Shu munosabat bilan Seulda havo hujumidan ogohlantirish eʼlon qilindi, Janubiy Koreya poytaxti aholisidan evakuatsiyaga tayyor turish va birinchi navbatda “bolalar va qariyalarni xavfsiz joylarga yetkazish” soʻralgan. Biroz vaqt oʻtgach, mamlakat Ichki ishlar vazirligi shahar hokimiyati tomonidan yuborilgan ogohlantirish “notoʻgʻri tashkil etilgan”ini bildirgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya yaqin haftalarda sunʼiy yoʻldosh uchirishi haqida Yaponiyaga bildirish yuborgan edi. Pxenyan Tokioni sunʼiy yoʻldoshni 31-may—11-iyun oraligʻida uchirish rejalaridan xabardor qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q