Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni Eronga tashrif buyuradi. Bu haqda Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkaz departamenti bosh direktori Rahmatulla Xormali Toshkentda tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib oʻtgan, deb yozadi “Kun” nashri.
Uning soʻzlariga koʻra, tashrif arafasida Tehronda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtadi.
2022-yilning 14-sentabr kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgandi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy Samarqanddagi Kongress-markazda uchrashdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlikning turli yoʻnalishlarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.
Shundan soʻng Ibrohim Raisiy Oʻzbekiston prezidentini oʻzi uchun qulay vaqtda Eronga javob tashrifi bilan kelishni taklif qildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning iyun oyi boshida Qirgʻizistonga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q