O‘zbekiston xalq rassomi Ortiq Fayzullayev vafot etdi

Saqlash
20:24 / 31.05.2023 1893 0

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi.

 

Yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev  to‘qson  yillik hayotining yetmish yilini an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi san’ati ravnaqiga sarfladi.

 

Ijodiy faoliyati davomida yaratgan san’at asarlari bilan ko‘plab badiiy ko‘rgazmalarda qatnashdi. Bir qancha ahamiyatga molik binolarni badiiy bezashda ishtirok etdi. 200 ga yaqin yosh hunarmandlarga ustozlik qilib, ularni o‘z kasbining yetuk va mohir ustalari qilib yetishtirdi.

 

Poytaxtimizdagi go‘zal me’moriy binolar sirasiga kiradigan, ichki va tashqi bezaklari milliyligi bilan o‘ziga xos go‘zallikga ega «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyidagi «Bahor quyoshi» nomli 6 ta milliy o‘ymakor eshiklar to‘plami yaratilishida Ortiq Fayzullayev bosh-qosh bo‘lib, o‘zidan muhtasham meros qoldirdi.

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//