Jamiyat
10-apreldan 10-mayga qadar Tabiat resurslari, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida respublika miqyosida “Toza havo” oyligining 1-bosqichi oʻtkazildi.
Oylik davomida jami 161 537 ta avtotransport vositalari qamrab olindi va shundan 153 761 tasi toksiklik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazildi. Tekshiruvlar davomida avtotransport vositalarining 4 326 tasi, yaʼni 2,7 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqori ekanligi aniqlandi.
Toshkent shahrida 11 078 ta avtotransport vositasi tekshirilib, ularning 408 tasi yoki 2,7 foizida atmosfera havosiga tarqalayotgan zararli gazlar miqdori meʼyordan ortiq ekani aniqlandi. Oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqorilik darajasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi.
Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qoʻpol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan 246 million 225 ming soʻm jarima choralari qoʻllanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyildi.
Mazkur tadbir davomida muntazam Yoʻl patrul xizmati maskanlarida, koʻchalarda hamda avtokorxonalarga kirish/chiqish joylarida foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalari tekshirilib, ularda ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq boʻlgan taqdirda vaqtincha toʻxtatib, taʼmirlash evaziga jami 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olingan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q