Siyosat
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashining farmoyishi bilan 4 nafar vazirga hayfsan berildi.
Qayd qilinishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Zohidjon Ziyadullayev, Sogʻliqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, Maktabgacha taʼlimi vaziri Jumagul Usnatdinova, Xalq taʼlimi vaziri Rustem Reyimovga ushbu jazo chorasi berilgan.
Ular Oʻzbekiston prezidenti hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan oʻz vaqtida zarur choralar koʻrmagan.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Timur Bayekeyevga nisbatan 2021-yil iyulidagi hayfsan eʼlon qilingani inobatga olinib, oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Kengashi raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ernazar Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Baxitjan Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahar hokimi Utemurat Panayev, Boʻzatov tumani hokimi Mahmud Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimovga nisbatan intizomiy choralar koʻrish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi nomiga taklif kiritilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q