Endi majburlab tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin

Saqlash
20:58 / 29.05.2023 1624 0

Majburlab tuzilgan nikoh jabrlanuvchi (uning qonuniy vakillari) yoki prokurorning arizasi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

 

Oila kodeksining 14-moddasida nikoh tuzishning ixtiyoriyligi yozilgan. Nikoh tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun Oila kodeksida belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi deyiladi.

 

Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tugʻilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin 300 kun ichida tugʻilgan bolalarning huquqlariga taʼsir etmaydi.

 

Oila kodeksining ikkinchi boʻlimida nikoh tuzish tartibi va shartlari berilgan. Unga koʻra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy oʻtgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy oʻtgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tugʻilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//