Jamiyat
Bloger Doniyor Qayumov o‘zining Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topildi va sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Instagramʼida 3,4 million obunachiga ega bo‘lgan bloger (1999-yilda tug‘ilgan) 20-fevral kuni bir qiz bilan janjallashgani aks etgan videoni joylashtirgan. Unda bloger bir qo‘li bilan uni bo‘g‘a boshlaydi, ikkinchi qo‘li bilan uradi. Bu vaqtda u erkak tomonidan kaltaklangan boshqa ayolni qanday himoya qilishga uringanini eslaydi. Ayolni urayotgan erkak esa o‘z xatti-harakatlarini oqlab, “Siz hali ayol kishining qanaqaligini bilmaysiz, 40 ta makri bor”, — deydi. Bloger shu voqeani eslagach, videoda yana birinchi jarayonga qaytiladi va bloger shunday deydi: “Bu yigit to‘g‘ri qilgan urib, to‘ppa-to‘g‘ri qilgan”. Shundan so‘ng u qizni qattiq kaltaklashga taqlid qiladi.
Sud majlisida u aybiga iqrorligini bildirib, mazkur videoni yuklaganidan so‘ng 4−5 soat o‘tib o‘chirib yuborganini aytgan. Shuningdek, bu videoni olishdan maqsad ayollarga tazyiq yoki zo‘ravonlik ko‘rsatish emasligi, holat boshqa qaytarilmasligi, qilmishidan pushaymonligini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘rab, ko‘rsatuv bergan.
Bu harakati bilan u Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189−1-moddasi (Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish)da ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan.
Sud MJtKning 33-moddasini qo‘llab, modda sanksiyasida nazarda tutilgan jarima jazosidan ham kamroq jarima jazosini tayinlashni lozim topdi (aslida ushbu huquqbuzarlik uchun fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 400 baravarigacha jarima belgilangan).
Yakunda unga BHMning 20 baravari miqdorida, yaʼni 6 million so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Nemolchi.uz bergan bayonotda videoni tayyorlashga aloqador boshqa shaxslar nima uchun javobgarlikka tortilmagani so‘raldi. Bu nafaqat bloger, balki uning tayyorlanishida ishtirok etgan bir guruh odamlarning ishi ekani qayd etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q