Jamiyat
Oʻzbekistonda aholining himoyaga muhtoj qatlami uchun turli imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, ota-ona qaramogʻisiz yoki yetimlikda katta boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash davlatning vazifasi ekanligi eslatildi.
Oʻzbekiston qonunlariga koʻra, ota-ona qaramogʻisiz yoki yetimlikda oʻsgan bolalar 18 yoshga toʻlishlari bilan uy-joy bilan taʼminlanadi. Buning uchun, birinchi navbatda ular uy-joyga muhtojlar roʻyhatida turishi kerak.
Muhtoj bir nafar yetim boʻlsa 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali uy beriladi. Agarda, yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan boʻlsa, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali uy beriladi.
Shuningdek, muhtoj inson nogironligi bor shaxs boʻlsa, koʻp qavatli uyning 3 qavatigacha boʻlgan xonadonlardan biri ajratib beriladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi bilan taqdim qilinadi. Ammo foydalanuvchi uyni 30 yoshga toʻlguncha sotish huquqidan cheklanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112192
Jamiyat
94873
Jamiyat
90952
Jamiyat
75734
Jamiyat
//
Izoh yo‘q