Siyosat
O‘tgan 10 oy, ya’ni yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi 2,57 million tonnani tashkil qilgan. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga asosiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallagan: hisobot davrida Xitoy bu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya, keyingi pog‘onada Qozog‘iston (865,01 million dollarga 3,73 million tonna) joylashgan. Ro‘yxatda, shuningdek, O‘zbekiston (601,27 million dollarga 2,57 million tonna) va Myanma (1,16 milliard dollarga 2,53 million tonna) ham bor.
Statistiga ko‘ra, Avstraliya yanvar-oktabr oylarida Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi yetakchi davlatga aylandi (11,43 milliard dollarga 25,7 million tonna), keyingi o‘rinda AQSh (3,88 milliard dollarga 7,03 million tonna), Malayziya (3,05 milliard dollarga 7,02 million tonna) va Qatar (3,21 milliard dollarga 7 million tonna) joylashgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q