Jamiyat
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Janubiy Farg‘ona kanalida o‘ziga tanish qizni qutqarmoqchi bo‘lgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Holat 5-may kuni soat 18:00 atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u shu tumanda yashovchi tanishi G. X.(qiz)ni qutqarish maqsadida suvga tushgan. Qiz atrofdagi odamlar tomonidan qutqarib qolingan.
Yigitning jasadi oradan 3 kun o‘tib — 8-may kuni soat 11:30 atrofida kanalning Marhamat tumani “Polvontosh” mahallasidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.
Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112303
Jamiyat
94978
Jamiyat
91098
Jamiyat
75863
Jamiyat
//
Izoh yo‘q