Jamiyat
Toshkent shahar Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlab, so‘ng uni o‘ldirgan erkak ishi sudga yuborilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud axborot xizmati sud hukmini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 26-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchi A.T. (1993-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi A.Jalilov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, A.T. Jinoyat kodeksining 226-moddasi (ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismi, 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 3-qismi “b” bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “v” bandi va 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j”, “z”, “o” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 4-qismi tartibida uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “b” bandiga asosan A.T. o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, unga tayinlangan jazo maxsus tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 96-moddasi (jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ga muvofiq A.T.ga jazoni o‘tash joylarida alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi davolash choralarini qo‘llash belgilandi.
“Birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakili hukm nusxasini olgan kunidan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha appelyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkinligi ma’lum qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q