Toshkentda 12 yoshli qizning zo‘rlanib, o‘ldirilgani yuzasidan jinoyat ishi sudga oshirildi

Saqlash
15:27 / 11.05.2023 1110 0

Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bogʻliq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan edi.

 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Qonunchilikka koʻra, sud ishni koʻrib chiqish boʻyicha 7 sutkada ajrim chiqarishi va shu muddatdan boshlab 2 oyda ishni koʻrib chiqishi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//