Madaniyat
Oʻtgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” qoʻshigʻini mahorat bilan kuylagan qizlar videosi koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. Jonli ijroda qoʻshiqni koʻngillarga yetkazib kuylagan qizlarning kim ekanligiga qiziqqanlar ham koʻp boʻldi.
Ijrosi bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan qizlar – Madina Usubjonova hamda Nurzida Isayeva hali maktab oʻquvchilari boʻlib, Kosonsoy tumanida yashashadi. Bu haqida Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qizlarning biri Madina Kosonsoy tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabining 8-sinfida oʻqiydi, Nurzida esa shu tumanning 45-sonli maxsus maktab-internat oʻquvchisi.
Ayni damga qadar yigirmadan ortiq mashhur xonandaning qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etib kelayotgan iqtidor sohibalari kelajakda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasida tahsil olib, qoʻshiqchi boʻlishni maqsad qilishgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111897
Jamiyat
94689
Jamiyat
90688
Jamiyat
75395
Jamiyat
//
Izoh yo‘q