Eronlik tadbirkorlar Oʻzbekistonda elektr tarmoqlari uskunalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Saqlash
18:53 / 24.05.2023 1148 0

Kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasining «Electronic Afzar Azma» kompaniyasining bosh direktori Mohammad Ali Darazi, «ESFA Group» kompaniyasi bosh direktori Mahdi Davar Panah hamda «Atlas Tubine Pars» kompaniyasi bosh direktori Atabak Alizade bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan eronlik tadbirkorlar bilan doimiy aloqani o‘rnatish, ilm-fan va innovasion faoliyat sohasida hamkorlik qilish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo iqtisodiy, ilm-fan, texnologiyalar bo‘yicha yangiliklar bilan bo‘lishish, eronlik investorlarni yurtimizga jalb qilish va ularga konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatish, eronlik tadbirkorlarning yurtimizda olib borayotgan faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganish va ularga yechim berishdan iborat.

 

 

Uchrashuv davomida ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar, eronlik tadbirkorlarning faoliyatidagi yangiliklar, innovasiya yo‘nalishida istiqbolli hamkolik rejalari muhokama qilindi.

 

Xususan, unda eronlik tadbirkorlar O‘zbekistonda elektr tarmoqlari uskunalarini birgalikda ishlab chiqarish, elektr stansiyalarini ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish hamda O‘zbekistonda ushbu sohada markaz ochish imkoniyati bilan qiziqdi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistonda aqlli elektr hisoblagichlarni birgalikda ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston elektr tarmoqlari monitoringi tizimini modernizasiya qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi. 

 

 

Ma’lumot uchun, «Electronic Afzar Azma», «ESFA Group» va «Atlas Tubine Pars» Erondagi eng yirik energetika kompaniyalaridan hisoblanadi. Ular elektr stansiyalari, neft va gaz ob’yektlari, temir yo‘l transporti infratuzilmasi uchun energiya va boshqaruv uskunalari ishlab chiqish hamda ularni avtomatlashtirish va sanoat jarayonlarini boshqarish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//