Jamiyat
Oliy sud matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan sud ishi yakunlanganligi haqida ma’lumot berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori O.B. MJtKning 41-moddasida (haqorat) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan MJtKning 461-moddasi bilan BHMning 15 baravari miqdorida ya’ni, 4.500.000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Institut TTJ va Ijara bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.R., institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimi M.A. va O.B.larga BHMning 10 baravari miqdorida ya’ni, 3.000.000 (uch million) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sudda ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 1-aprel kuni institut yotoqxonasining 432-xonasiga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan, bu haqda qizlar ogohlantirilmagan hamda S.J va V.Z.larning shaxsiy siri, shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ilgan.
Sobiq prorektorning so‘zlariga ko‘ra, u yotoqxonaga kuzatuv kamerasi o‘rnatilganidan ham, videotasvirga yozib olinganidan ham xabari bo‘lmagan, buni kech eshitgan.
Kommendant M.R. haqiqatda 432-xonada “Wi Fi” simlarida ta’mirlash ishlarini olib boramiz deb, yashirin kuzatuv kamerasi o‘rnatishganini, lekin u yerda yashovchi qizlarga kuzatuv kamerasi ekanini aytishmaganini, kamera ishlab turgan holatda qizlar 2 kun davomida yashab kelishganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu topshiriqni ularga institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.O. bergan.
Jabrlanuvchi qizlarning aytishicha, ularga yashirin kamera o‘rnatilayotgani aytilmagan. Qizlar xonada nima bo‘layotganini tushunmasliklari uchun atayin chalg‘itib, xonadan olib chiqilgan. So‘ng xonaga kirishlariga ham qarshilik ko‘rsatilgan. Bu ularda shubha uyg‘otgan. Keyinroq qizlardan biri ukasiga qo‘ng‘iroq qilib voqeani aytgan. Qizlar shubhasi o‘rinli chiqqan. Ular qurilmaning qopqog‘ini qotiradigan to‘rtta “samorez”idan bittasi o‘rniga kuzatuv kamerasi obyektivi joylashtirilganini bilganini, so‘ng qurilmani ochib ko‘rganida, qurilmani ichida qo‘lbola usulda yasalgan kamera bo‘lganini, so‘ng kamera ichida joylashgan chipini kompyuterga solib ko‘rishganida 2 kunlik vaqtni videotasvirga olganini ko‘rishgan. Xonaga yashirin kuzatuv kamerasi o‘rnatish bo‘yicha ularni institut ma’muriyati yoki boshqa biror shaxs ogohlantirmagan, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q