“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarga vals tushish taqiqlanmaganligi aytildi

Saqlash
18:27 / 24.05.2023 1390 0

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasiga anonim tarzdagi murojaat kelib tushdi, unda maktablarning birida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarga vals tushish taqiqlangani aytilgan.

 

“Maktabda o‘qiyman, menimcha, bizning holatimiz hamma uchun ham qiziq bo‘lmasligi mumkin, ammo bu so‘nggi yangiliklar bilan bog‘liq. Maktabimizda ["So‘nggi qo‘ng‘iroq”da] vals tushish taqiqlandi, chunki bu „yuqoridan“ berilgan buyruq ekan, aytishlaricha, bizning „mentalitetimizga“ to‘g‘ri kelmas ekan. Biz bir oydan ko‘proq vaqt davomida bunga tayyorlangandik, maktabimiz esa yevropacha, bekor qilinganini yaqindagina aytishdi. Nima bo‘layotganini tushunolmayapman, ular avvaliga valsga tushish mumkin emas deganlarni jarimaga tortishadi, keyin o‘zlari bu fikrga qo‘shilishadi”, — deyiladi murojaatda.

 

Ismini oshkor qilishni istamagan manbaning aytishicha, ushbu maktab Mirobod tumanida joylashgan. “Vals tushish taqiqlangan, hech narsa kerak emas, deyishdi, tuman XTBdan tavsiya qilibdi buni”, — deydi manba.

 

Xuddi shu hududdagi boshqa maktab direktorining aytishicha, bolalar bunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rishgan, xoreograf taklif etilgan va buni qayta tiklash kerak.

 

“Qizlar o‘g‘il bolalar tomon burilib, keyin orqalari bilan qo‘llariga yotadigan elementlar bor edi — olib tashlandi. O‘g‘il bolalar qizlarni ko‘tarib, aylanadigan joyini ham olib tashlashdi”, — deydi ota-onalardan biri.

 

“Direktor shunday dedi: „Biz tavsiyalarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz, lekin sizning ishingiz va sa’y-harakatlaringizni juda qadrlayman, keling, murosaga kelaylik“. Bolalar, albatta, rozi bo‘lishdi”, — deydi u.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, maktablarga bunday taqiq bo‘yicha topshiriq yuborilmaganini ma’lum qildi.

 

Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgan edi.

 

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi.

 

Tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.

 

Nimalar taqiqlangan?

 

– “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//