Jamiyat
Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishning yangi usullarini joriy etishni davom ettirmoqda.
Viloyat YHXB matbuot xizmati reportajida aytilishicha, yangi usul “ilg‘or rivojlangan davlatlar tajribasi” asosida ishlab chiqilgan.
Urganch shahrining maktab va bog‘chalar yonidagi gavjum ko‘cha va chorrahalarida “yangi turdagi” gorizontal belgilar qo‘yildi. Ular aylana shaklida bo‘lib, ichida ikkita oyoq izi va STOP yozuvi bor va sariq bo‘yoq bilan chizilgan. Ko‘chaning o‘rtasida xuddi shu belgilar oq fonda qo‘llanadi.
Xabarda aytilishicha, maktablarda o‘quvchilarga to‘rt bosqichda ko‘chani kesib o‘tish o‘rgatiladi. Quyida harakat bosqichlari keltirib o‘tiladi.
1. O‘tish joyiga yaqinlashib, bolalar yangi belgida to‘xtab, chapga, keyin esa o‘ngga qarashlari kerak.
2. Tartibga solinmagan chorrahadan transport vositalari to‘liq to‘xtaganiga ishonch hosil qilgandan keyingina yo‘lni kesib o‘tish mumkin.
3. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, mashinalar to‘xtaganiga yana bir bor ishonch hosil qilinadi, shundan so‘ng bolalar yo‘ldan o‘tishlari mumkin.
4. O‘tib bo‘lingach, bolalar mashinalarga o‘girilib, “milliy an’analardan kelib chiqqan holda” haydovchilarga minnatdorlik bildirishlari kerak.
Videoda bolalar haydovchilarga ta’zim qilib, ularga tabassum bilan qo‘l silkitishini ko‘rish mumkin.
“O‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o‘rgatish borasidagi bunday ishlar yosh avlodni yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi etib tarbiyalash, bolalar hayotini saqlab qolish, ular ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q