Jamiyat
Bugungi kunda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va taʼlim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni tashkil etadi. Bu haqda 23-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan gender tenglik va munosib mehnat mavzusidagi anjumanda maʼlum qilingan.
Senat xabariga ko‘ra, anjumanda mamlakatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilgani, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni mustahkamlanib borayotgani aytilgan.
“Bugungi kunda sog‘liqni saqlash va taʼlim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda. Ikki ming nafarga yaqin xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, hozirda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlar soni avvalgi davrga nisbatan olti barobarga ko‘paygan. Xususan, bakalavr yo‘nalishida o‘qiyotgan xotin-qizlar ulushi 38 foizdan 49 foizga, magistratura bosqichida o‘qiyotganlari 37 foizdan 50 foizga ortgan.
“Erishilgan natijalar bilan bir qatorda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va faolligini kengaytirish bo‘yicha bajarishimiz kerak bo‘lgan ishlar hali ko‘p”, — degan Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q