Bugun eng kuchli magnit bo‘roni yuz beradi

Saqlash
15:20 / 24.05.2023 1211 0

Shu kunlarda yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi, bu esa aloqa tizimlari va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Mutaxassislar sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilishmoqda. Zarurat tug‘ilsa, shifokorlardan yordam so‘rang.

 

23-26-may kunlari yerni eng kuchli magnit bo‘roni qamrab oladi va ertaga, 24-may kuni maksimal quvvati 5 ballga yetadi.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlar aloqa tizimlarining ishlashiga va ayniqsa, ob-havoga ta’sirchan, ipertoniya bilan og‘rigan kishilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Magnit bo‘roniga duchor bo‘lganlarga sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish, jumladan, qahva, spirtli ichimliklar, energetik ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan voz kechishni tavsiya etiladi.

 

Agar kishi o‘zini juda yomon his qilsa, shifokorga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, ko‘proq suv, ko‘k choy ichishni va ayniqsa stressli vaziyatlardan uzoqroq yurishni tavsiya qilishmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, magnit bo‘ronlari may oyining oxirigacha davom etadi. Jumladan, 28-may, yakshanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//