Jamiyat
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yillik forumida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamladi. Forum doirasida Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va Yevrosiyo bo‘yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat xatlari bilan alishdilar.

«Bank mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, YTTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Bundan tashqari, YTTB va Uzbekistan Airpors o‘rtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekistonda moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi bo‘ladi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q