Siyosat
Xalq demokratik partiyasidan Inoyatov Ulugʻbek Ilyosovich nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida koʻrib chiqish uchun maʼqullandi.
2023-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.
Plenumda 2023-yil 9-iyul kuni oʻtkazilishi belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki toʻgʻrisida masala muhokama etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Inoyatov Ulugʻbek Ilyosovich nomzodi partiyaning Qurultoyida koʻrib chiqish uchun maʼqullandi.
Avvalroq Ekologik partiya oʻz nomzodini koʻrsatgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q