Siyosat
O‘zbekiston Ekologik partiyasi shu yilning 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldingi prezidentlik saylovi uchun birinchi bo‘lib o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda partiya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich Ekologik partiyadan Prezidentlik uchun kurashadi.
Ma’lumot uchun, Abdushukur Xamzayev 1973-yil Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2013-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor. Mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Namuna” jamoa xo‘jaligida agronom sifatida boshlagan. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida o‘qituvchi, dekan o‘rinbosari, prorektor bo‘lib ishlagan. 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajargan. 2022-yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda. 17 ta qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q