Siyosat
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasini topshirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yonilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.
Yaratilgan sharoitlar tufayli O‘zbekistonga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta’kidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.
Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan. Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.
Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110960
Jamiyat
94492
Jamiyat
90423
Jamiyat
74431
Jamiyat
//
Izoh yo‘q