Jamiyat
Namangan viloyati Namangan tumanida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi.
Keng jamoatchilik, nuroniylar va yoshlar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar hamda OАV vakillari ishtirok etgan tantanali marosimda soʻz olgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Аppaqov, tuman hokimi oʻrinbosari O.Saidazimov va sektor rahbarlari ushbu maskan oʻziga xos ijodiy, aql markazlariga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy boʻlishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Ochilish marosimi davomida oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna koʻrinishlari hamda maskanda oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual turniri tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Tadbirda “Maʼnaviyat maskani”ni tashkil etishdagi faolligi va jonkuyarligi hamda tumanda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun tuman hokimi hamda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbariga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tashakkurnomalari topshirildi.
Bundan tashqari, bir qator faollar, tashabbuskor yoshlar, tanlov gʻoliblari faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Tumanda foydalanishga topshirilgan ushbu “Maʼnaviyat maskani”da boʻlinma rahbari, mutaxassislar uchun xonalar, konferensiya va anjumanlar uchun zal, kutubxona, Zakovat klubi hamda turli toʻgaraklar uchun xonalar joylashgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q