Maktab direktori o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Saqlash
17:53 / 11.05.2023 1519 2

Maktab direktori o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,  Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan qo‘shma qaror qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha 200 nafargacha direktor o‘rinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

 

Direktor o‘rinbosari umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, direktor o‘rinbosari lavozimiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

 

– ta’lim muassasalari yoshlarining ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtirish;

– 4-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Kamalak» va «Yoshlar ittifoqi» sardorlari faoliyati haqida targ‘ibot ishlarini olib borish;

– mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda «Yoshlar daftari»da yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

2 Izohlar

Fotima

12:01 / 01.01.1970

Lavozimga qoʻyiladigan insonning oʻzida qobilyati boʻlgan kadrni tanlash kerak bilimli salohiyatli tajribasi 6-7 yildan kam boʻlmagan mehnat faoliyatida koʻp natijalarga erishgan sohasi boʻyicha diplomlar yoki lovriyatlar oʻz kasbining fidoyisini tanlab qoʻyish kerak .Yosh avlodni salohitli qilib bilimli qilib tarbiyalashda koʻmaklashadigan kadrni tanlash kerak.

Sevara

12:01 / 01.01.1970

Juda yaxshi fikr

Izoh qoldirish

//