Qashqadaryoda davlat bayrogʻi rangidagi tasmani taqqan yigitni ushlagan ichki ishlar xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Saqlash
17:15 / 11.05.2023 1077 0

Oʻzbekistonning Davlat bayrogʻi rangidagi tasmani taqib yurgan yigit bilan bogʻliq holat yuzasidan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan.

 

Bosh prokuratura axborot xizmatiga koʻra, hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 5-may kuni Qamashi tumanidagi bozorda huquq-tartibot idoralari xodimlari Oʻzbekiston bayrogʻi rangidagi va “Bitiruvchi” yozuvi boʻlgan tasma taqqan yigitni ushlab, unga nisbatan “MJtKning ayrim tegishli moddalariga koʻra hujjatlar rasmiylashtirilib”, toʻplangan hujjatlar Qamashi tuman sudiga yuborilgan edi.

 

Biroq jamoatchilik faollarining keskin chiqishlaridan soʻng 7-may kuni Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qoʻllanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilinishi taʼminlangandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//