9 nafar oʻzbekistonlik bokschi JCH−2023 da kamida bronza va 50 ming AQSH dollaridan mukofot pulini naqd qildi

Saqlash
16:12 / 11.05.2023 1484 0

Toshkent shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan jahon chempionatining chorakfinal bahslari yakunlandi.

 

Oʻzbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan yarim finalga qadar yetib kelishning uddasidan chiqdi va yana 4 bokschi ushbu bosqichga yetib kela olmadi. Kuba va Rossiyaning 6 nafar, Qozogʻistonning esa 5 nafar bokschisi final yoʻllanmasi uchun bahslarga kirishadi.

 

Eng koʻp yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan mamlakatlar roʻyxati:

 

Oʻzbekiston — 9;
Kuba, Rossiya — 6;
Qozogʻiston — 5;
Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya — 3;
Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Moʻgʻuliston — 2;
Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirgʻiziston, Meksika, Tojikiston — 1.

 

Shu tariqa Oʻzbekiston milliy jamoasining 9 nafar bokschisi kamida bronza medalini va eng kamida 50 ming AQSH dollaridan mukofot pulini naqd qildi.

 

Maʼlumot uchun, 11-may turnirda dam olish kuni boʻladi. Yarimfinal janglari 12-may kuni, final bahslari 13-14-may kunlariga belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//