Jamiyat
Taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida ikkita tumanda elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.
Bugun 11-may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00ga qadar vaqtinchalik oʻchiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Yakkasaroy tumanining “Muqimiy” MFY Z.Validiy, Jambil hamda K.Yashin ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida hamda Mirzo Ulug‘bek tumanining “A.Temur”, “Temuriylar”, “Jasorat”, “Alisherobod”, “Sarboz” hamda “Ijodkor” MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111913
Jamiyat
94691
Jamiyat
90694
Jamiyat
75415
Jamiyat
//
Izoh yo‘q