Jamiyat
Mamlakatimizda Ozarboyjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100 yillik tavallud ayyomi keng nishonlanmoqda.
Bugun Ozarboyjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazida mustaqil Ozarboyjon davlatining asoschisi, buyuk davlat arbobi Haydar Aliyev xotirasiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Unda XX asrning atoqli siyosiy va davlat arbobi, Ozarboyjon xalqining fidoiy farzandi Haydar Aliyevning qatʼiyati, kuchli siyosiy irodasi va beqiyos yetakchilik sifatlari xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, Ozarboyjon umummilliy yetakchisining Oʻzbekiston va Ozarboyjon oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari va qardosh xalqlarimizning tarixiy rishtalarini izchil mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgani alohida taʼkidlandi.
Marosimda davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, nuroniylar, ozarboyjon yurtdoshlarimiz ham soʻzga chiqdi. Ular Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlikning yorqin ramzi ekanini taʼkidladilar.
Anjuman soʻngida Ozarboyjonning buyuk farzandi – Haydar Aliyev yodgorligi poyiga gullar qoʻyildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q