Jamiyat
Saudiya Arabistonida 2023-yilgi Haj mavsumi boshlanishi munosabati bilan Umra ziyorati bir muddatga qoldirildi.
Bu haqda Oʻzbekiston Umra ziyoratlari Assotsiatsiyasi maʼlum qildi.
Assotsiatsiya vakilining aytishicha, Saudiya Arabistoni Podshohligi 5-maydan Umra safariga viza berishni toʻxtatgan.
“Doimiy tartib shunday. Umra safariga viza berilishi Muharram oyigacha yaʼni 20-iyulgacha toʻxtatilgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rasman eʼlon bermagan boʻlsa-da, amalda viza berish toʻxtatildi”, – deyiladi Assotsiatsiya axborotida.
Qoʻshimcha qilinishicha, 15-maydan eʼtiboran Makka shahriga kirish ham rasman toʻxtatiladi va faqatgina Makkada yashash ruxsatnomasi bor insonlargina shaharga kiritiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112119
Jamiyat
94802
Jamiyat
90849
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q