Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Abduganiyev Ulugʻbek Abdufattoxovich Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
U. Abduganiyev 2008-yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, mehnat faoliyatini Bekobod tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida jarroh-shifokor sifatida boshlagan.
Keyinchalik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kattalar qabul boʻlimi va jarrohlik boʻlimi jarrohi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi xirurgiya boʻlimi shifokori, Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi hamda Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari kabi vazifalarda xizmat qilgan.
39 yoshli U. Abduganiyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida shoʻba bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Siyosat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112439
Jamiyat
95100
Jamiyat
91323
Jamiyat
76018
Jamiyat
//
Izoh yo‘q