Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

Saqlash
16:04 / 10.05.2023 1078 0

Velosportning shosse turi bo‘yicha Oqtosh-Chorbog' Mountain xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llari vaqtinchalik yopildi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

 

Xususan, 10-may kuni Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4P10 Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 80−70 kilometri (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi) oralig‘ida harakat cheklanadi.

 

11-may kuni esa quyidagi ko‘chalar to‘liq yopiladi:

 

– Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 54-kilometridan (G‘azalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l;

– 4P6 Toshkent shahri-Chirchiq shahri-Chimyon avtomobil yo‘lining 52-kilometridan (G‘azalkent futbol o‘yingohi) 56-kilometr (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) oraliqlari;

– 4P10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 80−82-kilometr oraliqlari (Chorbo‘g‘ suv ombori ko‘prigi va “eski bochka” oraliqlari).

 

yo‘l yopiladi, йҳхх, тошкент вилояти

Videodan lavha

 

13-mayda Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometriga (G‘azalkent shahriga kirish) bo‘lgan masofa yopiladi.

 

14-may kuni esa quyidagi yo‘llarda harakatlanish to‘liq cheklanadi:

 

– Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 17-kilometridan (Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofi) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l

– 4P6 Toshkent shahri-Chirchiq shahri-Chimyon avtomobil yo‘lining 56-kilometridan (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy dam olish maskani) bo‘lgan yo‘l oraliqlari

– 4P10 Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 80−82-kilometr oraliqlari (Chorbo‘g‘ suv ombori ko‘prigi va “eski bochka” oraliqlari)da.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan mazkur vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarishlarini so‘radi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//