Botir Zokirov tavalludining 87 yilligiga bag‘ishlab “Sulola” nomli bir aktyor spektakli sahnalashtirildi

Saqlash
15:47 / 10.05.2023 1404 1

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Madaniyat va turizm vazirligi, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan buyuk sanʼatkor Botir Zokirov tavalludining 87 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirokida “Sulola” nomli bir aktyor spektakli sahnalashtirildi. 

 


“Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 8-may kuni “Yoshlar ijod saroyi”da mazkur sahna asarining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Kechada “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov so‘zga chiqib: “Botir Zokirov va Zokirovlar sulolasi bilan bog‘liq tadbirlar maʼnaviy hayotimizda alohida voqea. Chunki bugun ushbu oilaning mislsiz merosi qanchalik qiymatga egaligini biz yanada teranroq anglayapmiz. Men shuni aytishni joiz deb bilaman-ki, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludiga bag‘ishlangan bugungi tadbir chinakam maʼnoda adabiyot, sanʼat, maʼnaviyat bayramiga aylanmoqda” – deya ta'kidladi. 


Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Yodgor Sa'diyev, yosh estrada xonandasi Darxon Komilov hamda “Botir Zokirov” nomidagi estrada simfonik orkestri ishtirok etdi. Kecha davomida Botir Zokirov tomonidan chizilgan suratlar ko‘rgazmasi hamda uning Kundaligi asosida yaratilgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ulug‘ sanʼatkor Botir Zokirov kundaliklari asosida sahna koʼrinishlari namoyish etdi. “O‘zining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini bot bot tilga olishdan faxrlanaman”, – dedi Gavhar Zokirova.

 

 

 

1 Izoh

Кодирова Угилхон Сотиболдиевна

12:01 / 01.01.1970

Ботир Зокиров,мен уша маьсум кунни ёдимдан чикармайман,радиоканал хабар беришди,жудолик....хамхоналаримдан уялиб куз ёшларимни яшириб йигладим,спорт мусобакасига борган эдим.Узбек эстирадаси юлдузи....охиратлари обод булсин.Гавхар Зокирова жуда савоб иш килибдила,кани ЭндиЭндини олис туманларга келиб бу намойишни курсатишса ..

Izoh qoldirish

//