Siyosat
Seshanba kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga borgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, faxriylar, do‘st xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbarini Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan ham tabrikladi.
“Uchrashuvda ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalarining joriy va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish zarurligini qayd etdilar. O‘zbekiston va Rossiya hududlari darajasidagi faol muloqotlar qo‘llab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, tomonlar jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishdan, jumladan, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida tadbirlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q