Jamiyat
Bugun va ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan kam bulutli va quruq boʻlishi kutilmoqda.
“Oʻzgidromet”ga koʻra, havo harorati asta-sekin koʻtariladi va hafta oʻrtasiga borib kechalari +13...+18 darajani, kunduz kunlari +30...+35 darajani tashkil etadi, janubda va choʻl hududlarda +36...+38 darajagacha boʻladi. Bu may oyining ushbu davri uchun oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
12-mayda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nisbatan nam havo kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga pasayadi va +27...+32 darajani tashkil etadi.
8-9-may kunlari shimolda, 11-12-may kunlari esa respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda 8 va 11-12-mayda momaqaldiroq bilan mahalliy yomgʻirlar yogʻishi mumkin.
Poytaxtda 8-11-mayda havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorati 8-mayda +25...+27 darajagacha, 10-11-may kunlari +32...+34 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.
12-mayda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat nisbatan pasayadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q