Siyosat
8-may kuni Oʻzbekiston qonun hujjatlariga, jumladan, Saylov kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun kuchga kirdi.
Quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin Saylov kodeksining 66-moddasi (Muddatidan ilgari prezident saylovi):
Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston prezident saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Kodeksda 74−1-modda (Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi) ham oʻrin olgan. Unda aytilishicha, Qonunchilik palatasi prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Kodeks 87−1-moddani (Senat aʼzolarining muddatidan ilgarigi saylovi) ham oʻz ichiga oladi. Senat prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q