Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning parlament aʼzolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvida mamlakat suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bogʻliq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi qayd etildi.
“Biz Oʻzbekistonni ijtimoiy davlat, deb eʼlon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy koʻmakka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.
Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar koʻpaytirilmoqda.
Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda taʼminlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat byudjetidan har yili qoʻshimcha 30-40 trillion soʻm ajratish kerak boʻladi”, - dedi Prezident.
Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bogʻchalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi taʼkidlandi.
Yoshlar siyosatini, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga koʻtarish boʻyicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.
Nuroniylar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan insonlar, alohida eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar koʻlami yanada kengaytiriladi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q