Jamiyat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni mamlakatda “9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 9-mayga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi, jumladan, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat Madhiyasi” hamda Xotira maydoni va hududlardagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qo‘yish marosimini o‘tkazish tasdiqlandi.
Bundan tashqari, 3−10-may kunlari “G‘alaba” bog‘ida “O‘chmas u kunlar shoshuhrati” mavzusida fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Iyul oyi oxirigacha shon-sharaf.uz va waheroes.uz saytlari dizaynini yangilash, Shon-sharaf muzeyi hududida 3D gologramma yaratish va boshqalar rejalashtirilgan.
Prezident qarorida bayramona mushakbozlik tashkil etish ham qo‘zda tutilgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 9-may kuni soat 21:00 da Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q